• 03 июля 2024 в 23:05
  • 8
  • 0

Ostona shahrida Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalardagi muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va yuk tashish hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortmoqda.

Davlat rahbari Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo va boshqa tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish muhim ekani qayd etildi.

Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes forumi va sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazishga kelishib olindi.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishda birgalikdagi sa’y-harakatlar zarurligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      вчера в 17:50   Узбекистан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      вчера в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      вчера в 07:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров обозначил стратегические приоритеты развития Кыргызстана на предстоящие 5 лет
      сегодня в 10:25   Кыргызстан
    Chim mahallasida yashash va ishlash sharoitlari yaxshilandi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      20 октября 2026 в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      20 октября 2026 в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      20 октября 2026 в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      вчера в 13:40   Кыргызстан