• 12 июля 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

Olma-otada ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Joriy yilning 11-12-iyul kunlari Olma-ota shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 21 yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

O‘zaro munosabatlar shunday yuqori darajaga ko‘tarilishida davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli aloqalar muhim omil bo‘lmoqda.

Bugun dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy va tez o‘zgaruvchan vaziyatni inobatga olgan holda, mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgani alohida qayd etildi.

Shundan kelib chiqib, mavjud zaxiralardan samarali foydalangan holda, yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish zarurligi, buning uchun, uchinchi davlatlardan import o‘rnini bosish va to‘laqonli erkin savdo rejimiga o‘tish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish lozimligi bildirildi.

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, transport va tranzit, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash, energetika, qishloq xo‘jaligi, fan-ta’lim, madaniyat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘nggida, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 21 yig‘ilishi bayoni imzolandi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Qozog‘istonga tashrifi doirasida Olma-ota shahridagi jamoat transportini boshqarish markazi va boshqa obyektlar faoliyati bilan ham tanishildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан