• 28 апреля 2025 в 23:05
  • 0
  • 0

Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi 29-aprel kuni chaqiriladi

Joriy yilning 28-aprel kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Unda Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisini 2025-yil 29-aprel kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, sog‘liqni saqlash, mudofaa hamda sud-huquq tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qonunlarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Jumladan, moliya bozorini sog‘lomlashtirish va banklar faoliyatini barqarorlashtirish maqsadida tayyorlangan “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar muhokamasiga qo‘yiladi.

Yalpi majlisda ekologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun ham ko‘rib chiqiladi. Unda issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish natijasida hosil bo‘ladigan uglerod birliklari muomalasi tartibini belgilash hamda issiqxona gazlari chiqarilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlashga eʼtibor qaratilgan.

Shuningdek, milliy mudofaa va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan “Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida”gi Qonunni ham muhokama etish nazarda tutilmoqda. Mazkur hujjat bilan davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish, kelishish, tasdiqlash va bajarishga oid munosabatlarni tartibga solishning yagona huquqiy mexanizmi yaratiladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar qarorlarini samarali ijro etishga doir qonun hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi qonunlar ham yalpi majlis kun tartibidan o‘rin olgan.

Senatorlar tomonidan tamaki va nikotin mahsulotlari muomalasiga oid talablarni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar haqidagi Qonun ham ko‘rib chiqiladi. Bu esa aholini zararli odatlardan muhofaza qilish borasidagi qonunchilikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish masalasini ham muhokama qilish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ilm-fan yutuqlarini sohaga joriy etish va ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish ham nazarda tutilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Ректор ОшГУ принял участие на юбилейном мероприятии японского агентства JICA
      05 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров встретился со своей первой учительницей Кенешкан Шаменовой
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев провел телефонный разговор с главой МИД Союза Коморских Островов
      06 февраля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Бакыт Торобаев ознакомился с рядом инфраструктурных объектов Иссык‑Кульской области
      06 февраля 2026 в 19:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi
      06 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Эльдар Сулайманов встретился с Специальным представителем ЕС по ЦА
      06 февраля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdilar
      05 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Гулмуроди Саъдулло назначен главным судьей на матч 1/8 финала второй Лиги чемпионов АФК-2025/26
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев принял участие в заседании коллегии Государственной налоговой службы
      06 февраля 2026 в 16:55   Кыргызстан
    Таджикистан и ОАЭ подписали Меморандум о сотрудничестве в сфере государственного управления
      05 февраля 2026 в 22:50   Таджикистан