• 24 апреля 2025 в 23:05
  • 18
  • 0

Oliy Majlis Senati Raisi Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Anqaraga tashrifi doirasida Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston-Turkiya aloqalari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani taʼkidlandi.

Parlamentlar davlatlararo hamkorlikni chuqurlashtirishda tobora faol ishtirok etayotgani qayd etildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati muhimligi, shuningdek, tegishli qo‘mitalar va do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, taʼlim va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, yoshlar va hududlararo tajriba almashish muhimligi taʼkidlandi. Turkiy tilli mamlakatlar parlamentlari va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan O‘zbekiston Repsublikasi Oliy majlisi bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisi o‘rtasida hamkorlik Bayonnomasi imzolandi.

Ushbu hujjat O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘zaro tajriba almashishi, qonunchilik jarayonida yaqindan hamkorlik qilishi nazarda tutilgan bo‘lib, shu tariqa umumiy manfaatlarga xizmat qiluvchi sohalarda – siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, taʼlim, yoshlar va sport yo‘nalishlarida yana-da faol va tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, balki butun mintaqada barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi muhim diplomatik qadamdir.

Shu kunning o‘zida delegatsiya aʼzolari O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan kitoblar va nashrlar taqdim etilgan parlament kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishdilar.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi Faxriy mehmonlar kitobida yozuv qoldirib, ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Сборная Таджикистана по киберфутболу впервые примет участие на FIFAe Nations League
      28 февраля 2026 в 23:00   Таджикистан