• 09 апреля 2024 в 23:05
  • 5
  • 0

O'zbekistonning yangi elchisi Ispaniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Farrux Tursunov Madrid shahrida Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Rasmiy marosimdan so'ng bo'lib o'tgan suhbat chog'ida O'zbekiston va Ispaniya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Qirol Filipp VI O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak baholab, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, ochiq tashqi siyosatni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilganini ta'kidladi.

O'zbekiston Prezidentining siyosiy tashabbuslari, o'z mamlakati farovonligi, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi jarayonlar, ayniqsa, qo'shni Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qo'shayotgan hissasi alohida qayd etildi.

Ispaniya Qiroli, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarga hissa qo'shishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Qirol Filipp VI O'zbekiston elchisiga ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi mas'uliyatli ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Таджикистан намерен расширить возможности финансирования экологических инициатив
      сегодня в 21:50   Таджикистан