• 31 марта 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

O'zbekistonlik tibbiyot xodimlarining malakasi Germaniyada tan olinmoqda

O'zbekiston elchixonasi vakillari Gamburg Cavdo palatasida bo'lib o'tgan "Sog'liqni saqlash sanoati uchun malakali kadrlar: Markaziy Osiyoga e'tibor" mavzusida davra suhbatida ishtirok etishdi. 

Savdo-sanoat palatasi "Sharqiy Yevropa" ishchi guruhi rahbari Mirko Novak tadbirning ochilish qismidagi nutqida O'zbekistonga sarmoya kiritish yoki biznes ochish istagida bo'lganlar soni tobora ortib borayotgani, mazkur iqtisodiy tadbir Germaniya uchun ham Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham katta ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Forumda "CCH - Care Consultants Hamburg" tashkiloti vakili Tomas Flotov, "Alfa Personnel Care" agentligi direktori Torsten Mayer va boshqalar Gamburg federal o'lkasida sog'liqni saqlash sohasidagi ehtiyoj, xorijiy malakali kadrlarni integratsiyalashuvi haqida ma'ruza qildilar.

Nemis mutaxassislari O'zbekiston tibbiyot xodimlarining malakasi Germaniyada ham tan olinayotgani, kasbiy bilimlardan tashqari nemis tilini puxta o'rgangani, turli sinov dasturlardan muvaffaqiyatli o'tganliklarini e'tirof etdilar. Bugungi kunda O'zbekistondan o'nlab tajribali tibbiyot xodimlari mamlakatda faoliyat yuritayotgani alohida qayd etildi. 

Bundan tashqari, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston elchilari ushbu sohadagi malakali kadrlarni Germaniyaga jalb qilish imkoniyatlari xususida so'z yuritdilar.

O'zbekiston elchisi Dilshod Axatov o'z navbatida, yig'ilganlarga mamlakatimiz hukumati tomonidan keyingi yillarda xorijda ishlash istagidagi fuqarolarimizga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida so'zlab berdi. Shuningdek, diplomat izchil islohotlar tufayli Germaniyaga ishlash uchun kelayotgan tibbiyot xodimlarini dastlab nemis tiliga o'qitish, ularning kasbiy malakasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar taqdim etish, ularni moliyaviy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, hayoti va sog'lig'ini sug'urtalash, xorijdan qaytib kelganidan keyin bandligini ta'minlash masalalari ham davlat tomonidan alohida e'tibor va nazoratga olinganini ta'kidladi.

Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan davra suhbati qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Ректор университета Памуккале посетил ОшГУ
      12 октября 2025 в 11:10   Кыргызстан
    В Таджикистане пройдут Дни российского, иранского и кыргызского кино
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Бообек Ажикеев провёл встречу с Послом Франции
      сегодня в 15:10   Кыргызстан
    Saida Mirziyoyeva Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi
      11 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    Осенний субботник прошел на территории столичной школы №4
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Студентки ОшГу успешно выступили на международных соревнованиях по вольной борьбе
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    При строительстве автомагистрали «Обигарм – Нуробод» были задействованы 1800 местных специалистов
      12 октября 2025 в 21:50   Таджикистан
    В Минобороны КР состоялось представление новых заместителей министра обороны
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев провел первое заседание Республиканского штаба по подготовке к досрочным выборам в ЖК КР
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял главу Представительства Евросоюза в Кыргызстане
      сегодня в 13:40   Кыргызстан