• 02 марта 2024 в 23:05
  • 25
  • 0

O'zbekiston va Qatar sarmoyaviy sohadagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O'zbekistonning Doxadagi elchisi Ashraf Xodjayev Qatar Investitsiya agentligi (Qatar Investment Authority – QIA) Afrika va Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo'yicha mintaqaviy direktori, "Ooredoo" telekommunikatsiya kompaniyasi va "Lesha Bank" raisi shayx Faysal Ol Soniy bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Qatar tomoniga O'zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratib berilgan qulay sharoitlar, shu jumladan axborot-kommunikatsiya sohasini takomillashtirish, mamlakatda raqamli transformatsiya qilish jarayonlarini kompleks jadallashtirish hamda mazkur sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilish bo'yicha ko'rilayotgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Muzokaralar yakunida O'zbekiston iqtisodiyotning turli sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning may oyida QIA vakillarining O'zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.

QIA 2005-yilda tashkil etilgan bo'lib, Qatarning suveren fondi hisoblanadi. Jamg'armaning asosiy maqsadi mamlakatning moliyaviy aktivlarini himoya qilish, ularni ko'paytirish hamda iqtisodiyotning turli sohalarida loyihalarni amalga oshirish va ularni diversifikatsiya qilishdan iborat

2023-yil yakunlariga ko'ra, QIA aktivlari qiymati 475 milliard dollarni tashkil etadi. Qatar Investitsiya agentligi "QNB Group", "Barwa Group", "Qatari Diar", "Qatar Holding", "Hassad Food", "Q REIT Holding", "Qatar Asset Management", "Qatar Railways Development", "Katara Hospitality", "Qatar Dubai Investments" (BAA), "Filmyard Holdings" (AQSH), "Harrods", "Harrods Estates", "Harrods Aviation", "Air Harrods" (Buyuk Britaniya), "Future French Champions SAS" (Fransiya), "Ascott Serviced Residence Fund" (Singapur), "Linx Cargo Care Group" (Avstraliya) kompaniyalariga egalik qiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан