• 15 февраля 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

O'zbekiston va Qatar o'rtasida imzolangan soliq sohasidagi ikki tomonlama xalqaro shartnoma kuchga kirdi

2023-yil 6-iyun kuni Samarqand shahrida imzolangan "O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati o'rtasida daromad soliqlari bo'yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to'lashdan bosh tortish va bo'yin tovlashning oldini olish to'g'risida"gi bitim shu yil 12-fevraldan e'tiboran kuchga kirdi. 

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi O'zbekiston va Qatar o'rtasida soliq sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini shakllantirishdan iborat.

Bitim quyidagilarni nazarda tutadi:

– ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish;

– soliq to'lashdan qochishning oldini olish;

– tomonlar o'rtasida soliqqa tortish huquqlarini taqsimlash;

– soliqqa tortish orqali kamsitishlarni oldini olish.

Ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi va tomonlarning investitsiyaviy salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан