• 07 января 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

O'zbekiston va Buyuk Britaniya birgalikda qo'rg'oshin ta'siriga qarshi kurashish sohasida ilmiy loyihani amalga oshiradi

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning "Qo'rg'oshin ta'siriga qarshi kurashish loyihasi" (LEEP) nodavlat notijorat tashkiloti koordinatori Charlz Lyudon va menejer Bol Dxital bilan uchrashuv o'tkazdi.

"Qo'rg'oshin ta'siriga qarshi kurashish loyihasi" NNT shaklidagi tashkilot bo'lib, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va Jahon sog'liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. LEEP Jahon qo'rg'oshinli bo'yoqlarni yo'qotish xalqaro alyansi a'zosi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida O'zbekistonda kundalik turmush davomida foydalaniladigan turli bo'yoqlar va shunga o'xshash mahsulotlarning qo'rg'oshin darajasini aniqlash bo'yicha rejalashtirilgan loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy tomonga ko'ra, LEEP O'zbekistonda olib bormoqchi bo'lgan izlanishlari davomida mahalliy bozordagi bo'yoqlarni o'rganib chiqish orqali ular tarkibidagi qo'rg'oshin darajasini aniqlaydi va mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Qurilish vazirligiga o'z takliflarini taqdim etadi.

Izlanishlar to'liq LEEP tomonidan moliyalashtiriladi va ushbu loyihaga kelgusida 250 ming AQSh dollari ajratilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida, tomonlar mazkur loyihaning dastlabki bosqichi sifatida Buyuk Britaniya delegatsiyasining O'zbekistonga safarini 8-26-yanvar kunlariga tashkil etish va tashrif davomida O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda "Qo'rg'oshin darajasini pasaytirish bo'yicha mahorat darslari"ni o'tkazishga kelishib oldilar.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан