• 17 февраля 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

O'zbekiston va BAA dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilari o'zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

O'zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiyaning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi davomida Dubay xalqaro moliya markazida (DIFC) «Uzbekistan Outsourcing Conference» mavzusida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi ikki davlat korxonalari vakillari qatnashgan tadbirda O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasida IT-sohani rivojlantirish bo'yicha o'zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vazir Sherzod Shermatov anjumandagi nutqida, O'zbekistonda IT- sohasida amalga oshirilgan ishlar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xorijiy kapitalga ega korxonalarga taqdim etilayotgan imtiyozlar va istiqboldagi rejalar haqida to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, tadbirda O'zbekistonda faoliyat olib boruvchi xorijiy kompaniyalar jumladan, O'rta Sharq sanoatni rivojlantirish boshqarmasi, «TBC Bank Uzbekistan» AJ, «Veon ADTeCh» , «Kanoo group» va boshqa korxonalar rahbarlari O'zbekistonda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda o'z tajribalari hamda erishgan natijalari bilan ishtirokchilarni tanishtirdilar.

"IT-Park Uzbekistan" direktori Farxod Ibragimov dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi BAA korxonalarini 2024-yilda O'zbekistonda bo'lib o'tadigan xalqaro tadbirlarga taklif qildi.

Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi va «Achar Apps ventures» kompaniyasi o'rtasida O'zbekistonda AKT sohasida kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha akademiya va markazlar tashkil etish, mahalliy AKT korxonalari iqtisodiy o'sishiga investitsiyaviy ko'maklashish yo'nalishlarida hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzoladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан