Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Shveysariyaning “Slate Mountain Capital“ kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zaro muloqotlar davomida “Slate Mountain Capital“ kompaniyasi vakili Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
"Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “Slate Mountain Capital“ vakillariga ”Toshkent Pharma Park“ aksiyadorlik jamiyatining joriy loyihalari, hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi", deyiladi agentlik xabarida.
Uchrashuv samarasi o‘laroq o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.