• 22 июня 2025 в 23:05
  • 25
  • 0

O'zbekiston-Pokiston hududlararo forumini tashkil etish rejalashtirilyapti

O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Pokiston hukumatining O'zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mas'ul vakili, Bosh vazir sanoat masalalari bo'yicha maxsus yordamchisi, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Suhbat chog'ida, joriy yil fevral oyida Toshkentda o'tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar chog'ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Barcha yo'nalishlar bo'yicha kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo'yicha tomonlar o'rtasida ishonchli va tizimli muloqot yo'lga qo'yilgani qayd etildi. Mutasaddi vazirliklar o'rtasida barcha sohalarni qamrab oluvchi "yo'l xaritasi"ni imzolashning muhimligi, unda iqtisodiy diplomatiyaga alohida e'tibor qaratish kerakligi ta'kidlandi.

Transafg'on temir yo'li nafaqat ikki mamlakat, balki Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, strategik sohalardagi mintaqaviy bog'liqlik loyihalarini izchil amalga oshirish imkonini berishi e'tirof etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, davlat xaridlari sohasida aloqalarni rivojlantirish, elektron tijorat yo'nalishida onlayn-savdo platformalarini birgalikda ishlab chiqish, ikki mamlakat hududlaridagi erkin iqtisodiy zonalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish shartlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Bundan tashqari, imtiyozli savdo doirasida tovarlar nomenklaturasini oshirish, O'zbekiston-Pokiston hududlararo forumini o'tkazish, banklararo hamkorlik yo'nalishida amaliy choralarni ko'rish kabi masalalarga ham alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar barcha kelishuvlarning amaliy ijrosini ta'minlash, strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash va o'zaro manfaatli loyihalarni ro'yobga chiqarish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан