• 30 марта 2024 в 23:05
  • 24
  • 0

O'zbekiston hududlari va Eronning Busher viloyati o'rtasida hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron Savdo, sanoat konlar va qishloq xo'jaligi palatasi vakili, "Tangestan Emrooz" kompaniyasi ijrochi direktori Xezer Xalili bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Eron o'rtasida hududlararo hamkorlikni savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va turizm sohalarida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Eron tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar to'g'risida axborot berildi.

Xezer Xalili joriy yilning 26-27-yanvar kunlari Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri boshchiligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatimizga kelganini iliq esga oldi. Shuningdek, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi.

"Tangestan Emrooz" kompaniyasi rahbari Eronning Busher viloyatining imkoniyatlari va salohiyati haqida ma'lumot berdi. U Busher va O'zbekiston hududlari o'rtasida madaniy sohada hamkorlikni yo'lga qo'yish, xususan, hunarmandchilik, adabiyot va san'at yo'nalishlarida o'zaro aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini qayd etdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан