• 18 марта 2024 в 23:05
  • 3
  • 0

O'zbekiston delegatsiyasi BMTning Giyohvand moddalar bo'yicha komissiyasining 67-sessiyasida ishtirok etdi

O'zbekiston delegatsiyasi joriy yilning 14-22-mart kunlari Vena shahrida bo'lib o'tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar bo'yicha komissiyasining (GMK) 67-sessiyasida ishtirok etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA.

Xususan, 14-15-mart kunlari mamlakatimiz delegatsiya O'zbekistonning giyohvandlikka qarshi kurashish va xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish borasida taqdimot qildi. Shuningdek, O'zbekiston vakillari sessiya davomida giyohvandlik bilan bog'liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan strategiya va tashabbuslarni muhokama qilishda faol ishtirok etishdi hamda muhim uchrashuv va yordamchi tadbirlarda qatnashdi.

Sessiyada O'zbekistonning Avstriyadagi elchisi Baxtiyor Ibragimov so'zga chiqib, giyohvandlikka qarshi global kurashda GMKning roli muhimligini ta'kidladi. Diplomat, shuningdek, O'zbekistonning BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorligiga to'xtaldi va giyohvandlikka qarshi milliy strategiya mamlakatimiz uchun asosiy ustuvor yo'nalish sifatida muhimligini qayd etdi.

Anjuman doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtiruvchi markazi tomonidan sintetik giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash mavzusida alohida tadbir o'tkazildi. Unda O'zbekistonning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakili so'zga chiqib, sintetik giyohvand moddalarning global tahdidini ta'kidladi va ushbu tahdidga qarshi kurashda Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtiruvchi markazi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, barcha sa'y-harakatlarni yanada faollashtirish zarurligi qayd etish barobarida, O'zbekiston bu borada hamkorlikka tayyorligi bildirildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан