• 06 апреля 2024 в 23:05
  • 19
  • 0

O'zbekiston davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari tashkil etiladi

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "Global Partners Governance" (GPG) nodavlat notijorat tashkiloti direktori Mett Karter bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Mett Karter Yangi O'zbekistonda jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida, ayniqsa, parlamentarizmni rivojlantirish, iqtisodni liberallashtirish, ta'lim sohasini modernizatsiya qilish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi. U respublikada amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatdagi davlat boshqaruvi tizimining yana-da takomillashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatayotganini bildirdi.

Ta'kidlanishicha, "GPG" strategik tahlil va maslahat xizmatlarini ko'rsatish, davlat boshqaruvini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, tadqiqotlar va nashrlar, onlayn kurslar va treninglar xizmatini ko'rsatish kabi yo'nalishlarda faoliyat olib boradi.

"GPG" va O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o'rtasida 2021-2022 yillarda bir qator loyihalar amalga oshirilgan. O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdormiz", dedi Mett Karter.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi a'zolari hamda respublika davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari va stajirovkalarini tashkil etish masalasi o'rganib chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.

2005 yilda tashkil etilgan "GPG" rivojlanayotgan mamlakatlarda parlamentarizm va davlat boshqaruvini rivojlantirish dasturlari hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan Britaniyaning yetakchi NNTlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda ushbu tashkilot dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан