• 30 августа 2025 в 23:05
  • 17
  • 0

Marhum Rustam Qosimov orden bilan taqdirlandi

Mamlakat mustaqilligini va uning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, o‘zining katta bilim va salohiyati, tashabbuskorlik va tashkilotchilik fazilatlari bilan yurtimizda sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, diplomatiya, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan ulkan hissasi, jamiyatda tinchlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatgan jonbozligi hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taniqli davlat va jamoat arbobi, olim va pedagog, marhum Qosimov Rustam Sobirovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Rustam Qosimov 1955 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetida o‘qib, mehnat faoliyatini Toshkent suv xo‘jaligi institutida arab tili tarjimonligidan boshlagan. Ko‘p yillar oliy ta’lim sohasida turli vazifalarda ishlagan. 

2004-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalar rivojiga hissa qo‘shgan. Oxirgi yillarda O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifalarida ishlab kelgan.

U 2021 yil 7 may kuni vafot etgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан