• 04 февраля 2026 в 23:05
  • 7
  • 0

Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Maktabgacha taʼlim bolaning intellektual, ijtimoiy va maʼnaviy rivojlanishida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Shu bois, soʻnggi yillarda ushbu sohada qamrovni kengaytirish, taʼlim sifatini oshirish va xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirildi. Natijada mamlakatimizda maktabgacha taʼlim bilan qamrov 78 foizga yetdi.

Shu bilan birga, qamrovni 80 foizga yetkazish uchun yangi bogʻcha oʻrinlarini yaratish talab etiladi, 39 ta tuman va shaharda esa bogʻcha qamrovi 70 foizdan past darajada qolmoqda. Shuningdek, davlat bogʻchalarida pedagoglarning 61 foizi, nodavlat bogʻchalarda esa 76 foizi oʻrta maxsus maʼlumotga egaligi kadrlar salohiyatini yanada oshirish dolzarb masala ekanini koʻrsatmoqda.

Shu munosabat bilan bugungi taqdimotda maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Jumladan, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida joriy etiladi. Bunda bolalarni maktab taʼlimiga puxta tayyorlash, taʼlimda uzluksizlikni taʼminlash asosiy maqsad qilib qoʻyilgan.

Maktabgacha taʼlim tizimida oʻyinga asoslangan taʼlim modeli joriy etilib, bolaning tabiiy qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil qilinadi. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻquv muhiti yangilanadi.

Shuningdek, “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini shakllantirish rejalashtirilgan. 2026-2028-yillarda har bir hududda 120 oʻrinli “Yangi avlod” davlat bogʻchalari hamda ularning tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etiladi. Mazkur bogʻchalarda qoʻshimcha rahbar hamda tarbiyachi-yoʻriqchi shtatlari joriy qilinib, rahbar va pedagog xodimlarga tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.

Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu orqali taʼlim xizmatlari bozorida sogʻlom raqobatni kengaytirish va qamrovni oshirish maqsad qilingan.

Kadrlar tayyorlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim dasturlari xalqaro ilgʻor tajribalarga mos ravishda takomillashtiriladi. Shu bilan birga, amalda ishlab kelayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim (“5+1”) asosida bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

2027-2028-oʻquv yilidan boshlab maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya olgan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat berilishi, mazkur maʼlumotlar umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomada qayd etilishi koʻzda tutilmoqda.

Taqdimotda maktabgacha taʼlim sohasida xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi imtiyozlar ham muhokama qilindi.

Maktabgacha taʼlim sohasida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida qamrov darajasi 80 foizdan past boʻlgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlar uchun qator qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

Jumladan, maktab va bogʻchalar hududidagi boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻchalar tashkil etilganda, ijara toʻlovlari 30 yilgacha undirilmaydi. Shuningdek, har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat bogʻchalarida bir bolaga toʻgʻri keladigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Ushbu tartib 2024-yildan tashkil etilgan nodavlat bogʻchalarga ham tatbiq etiladi.

Qamrov darajasi past hududlarda bogʻcha va maktabdan tashqari joylarda quvvati kamida 150 oʻrinli nodavlat bogʻchalar tashkil etilsa, 7 yilgacha muddatga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Shu bilan birga, tarbiyachilarga oylik ish haqi toʻlash xarajatlari davlat bogʻchalarida belgilangan meʼyorlar asosida uch yil davomida qoplab beriladi. Har 30 nafar bolaga bir nafar tarbiyachi shtati hisoblanadi.

Mazkur imtiyozlar yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan xususiy bogʻchalarga ham tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, 2030-yil 1-yanvarga qadar quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan nodavlat bogʻchalar tashkil etgan tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi boʻyicha yengilliklar beriladi.

Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni har tomonlama puxta ishlab chiqish, ularni bosqichma-bosqich joriy etish hamda maktabgacha taʼlim sifatini oshirish orqali bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratish muhimligini taʼkidladi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Oʻzbekiston Prezidenti OIIB bilan strategik sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
      10 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Qishloq xoʻjaligida yangi yerlarni oʻzlashtirish hamda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi
      09 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло заседание Исполнительного комитета КФС
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Abdusattorov va Sindarov 2025 yilda xalqaro turnirlarda $700 mingdan ortiq mukofot puli ishlab topdi
      09 февраля 2026 в 17:50   Узбекистан
    Чынгыз Ажибаев встретился со Специальным представителем и координатором ОБСЕ по борьбе с торговлей людьми
      10 февраля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Сборная города Бишкек по фехтованию отправилась на Чемпионат Азии
      10 февраля 2026 в 15:10   Кыргызстан
    В Душанбе представлена тематическая книжная выставка, приуроченная к Году охраны здоровья в СНГ
      10 февраля 2026 в 13:55   Таджикистан
    Нурланбек Тургунбек уулу подал в отставку по собственному желанию
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    Юношеская сборная Таджикистана (U-17) примет участие в международном турнире «Кубок развития-2026»
      вчера в 23:00   Таджикистан
    ОАО «Таджиктелеком» удостоено официального признания Правительства Республики Таджикистан
      09 февраля 2026 в 21:50   Таджикистан