• 10 мая 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

Mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Bandlik va aholi daromadini oshirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi. Shu maqsadda ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Yangi-yangi loyihalar ishga tushirilmoqda. Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishga keng yo‘l ochilgan.

Davlat rahbari tashabbusi bilan, barcha hududlarda Sayxunobod tajribasi amalga oshirilayotir. Mutasaddilar bu boradagi ishlarning tuman va mahallalar kesimidagi ijrosi yuzasidan axborot berdi.

Qayd etilganidek, har bir mahallaga iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlari biriktirilgan. Ular u yerdagi kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlab, odamlarning daromadini oshirishga ko‘maklashmoqda. Buning uchun arzon kreditlar, subsidiya va imtiyozlar yo‘naltirilayapti. Agrosanoat mutaxassislari bilan birga, aholi tomorqalarida serdaromad ekinlar ekilayapti.

Prezident ishlar hamma joyda ham birdek tashkil qilinmayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Bugungi murakkab vaziyatda odamlarni ishli va daromadli qilishning yagona yo‘li ichki imkoniyatlarni to‘la safarbar etish ekanini ta’kidladi.

Fuqarolarni chet elda ishlashga tartibli va xavfsiz jo‘natish, yurtimizga qaytganlarning bandligini ta’minlash ham muhim vazifalardan. Shu bois Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati isloh qilinmoqda. Barcha hududlarda “Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yetarli malakasi bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga qo‘shimcha o‘qitiladi, xorijlik ish beruvchilar talabiga qarab maqsadli tayyorlanadi. Shu asosida yaqin muddatlarda 150 ming kishi daromadi yuqori mamlakatlarga yuborilishi mo‘ljallangan.

Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Sayxunobod tajribasi asosida ularga tomorqada mahsulot yetishtirish, tadbirkorligini ochishga tashkiliy-moliyaviy ko‘mak beriladi.

Davlat rahbari fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

Migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан