Komil Allamjonov Turkiyaning O'zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
"Turkiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o‘tkazdik.
O‘zbekiston delegatsiyasi noyabr oyi oxirida Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi yakunlarini muhokama qildik, erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdik. Kelgusi yildagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdik", - deya yozgan Komil Allamjonov.