• 23 сентября 2024 в 23:05
  • 3
  • 0

Jamshid Xo‘jayev Ozarbayjon prezidenti qabulida bo‘ldi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevni qabul qildi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jamshid Xo‘jayev Ozarbayjon O‘zbekiston uchun muhim davlatlar qatorida munosib o‘rin tutishini, Ozarbayjon ham mintaqaviy, ham jahon miqyosida katta ta’sirga ega ekanini ta’kidlagan. Prezident Ilhom Aliyev qarorlari tufayli ozod etilgan Ozarbayjon hududlarida, jumladan, tarixiy Shusha va Xonkendi shaharlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya va tiklash ishlari O‘zbekiston tomonidan diqqat bilan kuzatilayotganini ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvga to‘xtalib, investitsiya loyihalari ustida faol ish olib borish muhimligini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan Ilhom Aliyev ikki davlat o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma investitsiya fondi aniq loyihalarga o‘zlashtirilganini qayd etgan. Shuningdek, Jamshid Xo‘jayev mamlakat rahabrini 20 sentyabr – Ozarbayjon Davlat suvereniteti kuni bilan tabriklagan.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilingan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан