• 02 марта 2026 в 23:05
  • 4
  • 0

Isroildagi o‘zbekistonliklarga mamlakatni vaqtincha tark etish tavsiya qilindi

Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi fonida O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolar uchun shoshilinch tavsiya bilan chiqdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Vatandoshlarga hushyorlikni saqlash, Isroil hukumati tomonidan belgilangan xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilish va imkon qadar keyingi ko‘rsatmalar olingunga qadar maxsus jihozlangan xavfsiz hududlarda bo‘lish qatʼiy tavsiya etiladi.

Diplomatik vakolatxona rasmiy ko‘rsatmalarga diqqat bilan amal qilish, zaruratsiz ko‘chaga chiqishni cheklash va xotirjamlikni saqlash muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, fuqarolarga vaziyat barqarorlashgunga qadar Isroil hududini vaqtincha tark etish tavsiya qilingan. Elchixona Isroil-Misr chegarasida “Begin” chegara o‘tish punkti tun-u kun ishlashini, shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarining Sinay yarimoroliga kirishi uchun viza talab qilinmasligini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, chegaradan o‘tishni tezlashtirish maqsadida chegara bojlarini oldindan onlayn tarzda to‘lash tavsiya etiladi.

Boshqa quruqlikdagi o‘tish punktlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi, ularning ish vaqti o‘zgarishi mumkinligi sababli, sayohatni rejalashtirishdan oldin dolzarb maʼlumotlarni aniqlashtirish zarur, deyiladi xabarda.

Elchixona, shuningdek, fuqarolarni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning rasmiy manbalaridagi yangiliklarni muntazam kuzatib borishga hamda Isroil xizmatlarining ogohlantirishlari va tavsiyalarini inobatga olishga chaqiradi.

Favqulodda vaziyatlarda vatandoshlar quyidagilkr orqali murojaat qilishlari mumkin:

telefon raqamlari: 03−672−2466, 03−672−2371, 03−758−5075, 03−758−5076, +972 54 485 1397;

elektro pochta: il.uzembassy@mfa.uz.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан