• 25 декабря 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Germaniyada o'zbek, nemis va turk ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida o'zbek, nemis va turk ishbilarmon doiralari vakillari uchun biznes-forum tashkil etildi. Iqtisodiy tadbir mamlakatimizning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulligi tomonidan "MÜSIAD Hessen e.V." tadbirkorlar uyushmasi, Xanau shahar Savdo-sanoat palatasi va "UZBIC" O'zbekiston biznes va sanoat kengashi nodavlat tashkiloti bilan birgalikda o'tkazildi.

Unda uch davlatning yetakchi korxonalari o'rtasida qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha "O'zbekiston-Turkiya-Germaniya" formatidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, o'zbek mahsulotlarini Germaniya bozoriga eksport qilish hajmini oshirish masalalari xususida fikr almashildi.

O'zbekiston bosh konsuli Olimjon Abdullayev forumning ochilish qismidagi nutqida ishtirokchilarni Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jumladan, xorijiy investorlarga uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirdi. O'zbekiston o'z tashqi siyosatida Germaniya va Turkiya bilan bilan savdo-iqtisodiy va do'stona aloqalarni yanada jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi.

Forum davomida «UZBIC» a’zolari hamda yetakchi nemis va turk kompaniyalari o'rtasida «B2B» formatida muzokaralar tashkil etildi. Tomonlar konstruktiv muloqot o'rnatish, gastronomiya, to'qimachilik sanoati, logistika, qurilish va boshqa sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq yo'nalishlarini belgilab oldilar.

Bo'lib o'tgan muzokaralar natijasida tomonlar O'zbekistondan trikotaj, kosmetika, quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish to'g'risida dastlabki kelishuvlarga erishdilar.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      вчера в 17:50   Узбекистан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      вчера в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      вчера в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      20 октября 2026 в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      20 октября 2026 в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      20 октября 2026 в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    Таджикистан намерен расширить возможности финансирования экологических инициатив
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      20 октября 2026 в 21:40   Кыргызстан