• 01 июля 2024 в 23:05
  • 1
  • 0

Energiya samaradorligini ta’minlash holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi.

Aholi o‘sib, korxona va muassasalar ko‘paygani sayin energiya resurslariga talab oshib borishi tabiiy. Mamlakatimizda shunga mutanosib energiya manbalarini va generatsiya quvvatlarini ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, bu quvvatlardan oqilona foydalanish, energiyani tejash ham juda zarur.

Shu maqsadda iqtisodiyot tarmoqlaridagi eski texnologiyalar energiya tejamkoriga almashtirilmoqda. Sanoat korxonalarida “yashil energiya” manbalari joriy qilinmoqda. Binolarni qurishda issiqlikni saqlovchi materiallardan foydalanilmoqda. Xonadonlar va ijtimoiy muassasalarda o‘rnatilgan quyosh panellari ularga qo‘shimcha quvvat bermoqda.

Joriy yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar shakllantirilgan edi. U, ishlab chiqarishga xalal bermagan holda, energiya iste’molini samarali tashkil etish orqali muayyan hajmlarni tejashga qaratilgan.

Yig‘ilishda shu boradagi ishlarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi.  

Energiya iste’molida o‘g‘irliklar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, bu yil 15 mingta holatda tabiiy gaz va 28 mingta holatda elektrdan o‘g‘irlik aniqlangan. Buning sababi – hozirgi tizimda noqonuniy ulanishlarning oldini olish emas, oqibati bilan kurashilayapti.

Shu bois bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullarning javobgarligini oshirish zarurligi qayd etildi.

Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda sohada qator loyihalar amalga oshirilmoqda, stansiyalar barpo etilmoqda. Bu yil barcha manbalar hisobidan 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari sohadagi investitsiyaviy loyihalarni, chet ellik sheriklar bilan erishilgan kelishuvlarni yuqori darajada amalga oshirish kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ham axborot berildi.

Qayd etilganidek, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani ta’mirlash bo‘yicha ishlar boshlangan. Bunga qo‘shimcha 595 kilometr elektr tarmog‘i qurilib, qator yangi podstansiyalar ishga tushiriladi. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda.

Mutasaddilarga energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilib, energiya yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash yuzasidan vazifalar qo‘yildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан