• 19 мая 2024 в 23:05
  • 6
  • 0

Energetika, raqamli texnologiyalar, turizm yo‘nalishlarida hamkorligimiz istiqbolli bo‘lishiga ishonamiz - Malayziya Bosh vaziri

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O'zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 18-may kuni Samarqandga keldi. 

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari A. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev, Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov va boshqa rasmiylar kutib oldi.Malayziya Bosh vaziri Samarqand bilan tanishuvni buyuk muhaddis Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi. Qur’on oyatlari o‘qilib, ulug‘ muhaddis haqiga duolar qilindi.

Oliy martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mazkur inshootda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi. 

Shundan so‘ng Malayziya hukumati rahbari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib, markaz faoliyati, bu yerda olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan tanishdi.Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur markazda buyuk allomalarimiz ilmiy merosi tadqiq etilib, ularning asarlari chop etilmoqda. Anvar Ibrohimga markaz olimlari tomonidan tayyorlangan kitoblar haqida ma’lumot berildi va Imom Buxoriyning asarlari sovg‘a qilindi. Markaz muzeyidagi tarixiy asarlar, buyuk muhaddis hayoti va faoliyati aks etgan devoriy suratlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Malayziya Bosh vaziri Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faxriy mehmonlar kitobiga o‘z dil so‘zlarini yozib qoldirdi. Kunning ikkinchi yarmida Malayziya Bosh vaziri mamlakatimiz hukumati mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekiston – Malayziya tadbirkorlar biznes forumida qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Xodjayev keyingi yillarda davlatimizning Malayziya bilan savdo-iqtisodiy aloqalari mustahkamlanib borayotgani, ushbu tashrif esa hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti yaratilgani, qonunchilik takomillashayotgani va iqtisodiyotni erkinlashtirilish borasida faol siyosat yuritilayotganini qayd etdi.Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim forumda so‘zga chiqib, avvalo O‘zbekistonga diplomatik delegatsiya sifatida emas, do‘st sifatida kelganini alohida ta’kidladi.  

— O‘zbekiston Prezidenti va hukumat rahbarlarining mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar haqidagi fikrlaridan biz shunday xulosaga keldikki, O‘zbekistonga ishonish, bu davlat bilan hamkorlikda ishlash mumkin,— dedi Anvar Ibrohim. — Jumladan, energetika, raqamli texnologiyalar, turizm yo‘nalishlarida hamkorligimiz istiqbolli bo‘lishiga ishonamiz. Men O‘zbekiston Prezidenti va hukumat rahbarlari bilan suhbat chog‘ida ularda mamlakatni rivojlantirishga faol intilish borligini ko‘rdim va buni olqishlayman.

Forumda ikki mamlakat tadbirkor va iqtisodiy soha mas’ullari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston va Malayziya hukumatlari rahbarlaridan javob oldilar. Tadbirda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha hujjatlar almashildi.

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Samarqandga tashrifi davomida shahardagi muqaddas qadamjo va tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qildi.

Shohi Zinda majmuasi ziyorati chog‘ida oliy martabali mehmonga zaminmizga muqaddas islom dinining kirib kelishi va ravnaq topishi yo‘lida xizmat qilgan allomalar va ularning izdoshlari hayoti, faoliyati haqida ma’lumot berildi. Bu yerdagi har bir obida va uning tarixi, ularni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yurtimizda diniy-ma’rifiy sohadagi ishlarning bir ko‘rinishi ekanligi ta’kidlandi.

Amir Temur maqbarasi bilan tanishuv chog‘ida ulug‘ jahongir va temuriylarning davlatchilik tarixi, Movarounnahrda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari e’tirof etildi.

Anvar Ibrohim dunyoga mashhur Registon majmuasini tomosha qilar ekan, bu yerdagi madrasalar Samarqand zaminining azaldan ilm-ma’rifat, madaniyat markazi bo‘lganligini qayd etdi.

Malayziya Bosh vazirining yurtimizga tashrifi davom etmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    ТЭЦ Бишкека переходит в режим повышенной готовности
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Роберт Просинечки встретился с тренерами клубов Высшей Лиги Кыргызстана
      13 января 2026 в 07:10   Кыргызстан
    Таджикские спортсмены приняли участие в международном марафоне C&D Сямынь-2026
      13 января 2026 в 23:00   Таджикистан
    Медер Абакиров провел встречу с Послом США
      13 января 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Сборная Бишкека принимает участие в Чемпионате КР по волейболу среди юношей и девушек U-17
      12 января 2026 в 19:10   Кыргызстан
    Воспитанники СДЮШОР Бишкека стали призерами на Международном турнире по настольному теннису
      13 января 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров вручил ключи от ипотечного жилья на втором этапе возведения жилого комплекса «Мурас» в Бишкеке
      12 января 2026 в 17:40   Кыргызстан
    В ОшГУ прошло совещание, посвященное вопросу перехода к 12-летнему школьному образованию
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Сюзане Пенджикента является символом национальной культуры и развития ремёсел таджикских женщин
      13 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    «Таджикистан – Родина любимая моя». Кто не может принять участие в этом Республиканском конкурсе?
      вчера в 13:55   Таджикистан