• 11 ноября 2025 в 23:05
  • 6
  • 0

Ekologiya sohasida boshqaruvni takomillashtirish va loyihalar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, atmosfera havosini yaxshilash, yashil hududlarni ko‘paytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin amaldagi tizimdagi tarqoqlik, mas’uliyat va vakolatlarning turli idoralar o‘rtasida bo‘linib ketgani natijasida ishlar samarasi ham doimo kutilgan darajada bo‘lmayapti.Shu munosabat bilan yig‘ilishda sohada boshqaruvni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi.Atrof-muhit sifatini, shaharlarda atmosfera havosini yaxshilash, yashil hududlarni rivojlantirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va tabiiy merosni muhofaza qilish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirishni markazlashgan holda olib borish taklif etildi.Ekologik nazoratni alohida yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish va mas’ul idoralarning vakolatlarini kengaytirish rejalari haqida ma’lumot berildi. Bunda, sohadagi qoidabuzarliklarga qarshi tezkor chora ko‘rish, daraxtlarning noqonuniy kesilishi, havoning ifloslanishini oldini olish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish mexanizmlari, shuningdek, sanoatda ekologik tartibga solishni takomillashtirish va aholi punktlarida yashil hududlarning saqlanishini ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.Prezidentimiz bildirilgan takliflarni ma’qullab, ularni boshqaruvda sifat va samaradorlikni yangi bosqichga olib chiqish, nazorat va mas’uliyatni kuchaytirish nuqtayi nazaridan yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан