• 16 апреля 2026 в 23:05
  • 13
  • 0

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qoʻmitasi hamda Davlat ekologik ekspertizasi markazi vakillari 13–17-aprel kunlari Janubiy Koreya poytaxti Seulda boʻlib oʻtayotgan seminarda ishtirok etmoqda.

Seminar Davlat ekologik ekspertizasi markazi va Koreya atrof-muhit instituti (KEI) oʻrtasida tuzilgan oʻzaro anglashuv memorandumi doirasida tashkil etildi.Ma'lumot uchun, Davlat ekologik ekspertizasi markazi va KEI oʻrtasidagi faol hamkorlik 2024-yil noyabridan boshlab izchil davom etib kelmoqda.

“Hamkorligimiz Oʻzbekistonda ekologik baholash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Ushbu seminar-workshop ekologik ekspertiza sohasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish yoʻlida yangi imkoniyatlar ochib beradi”, — dedi Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori G‘. Muxamedov.

Seminarda quyidagi yoʻnalishlarda chuqur bilim va amaliy koʻnikmalar egallanadi:

— Koreyada joriy etilgan Ekologik taʻsirni baholash axborot tizimi (EIASS) haqida va uni ishlab chiqish tajribasi;—  EIASSni yangilash va kengaytirish boʻyicha strategik rejalar hamda modernizatsiya yoʻnalishlari;—  Raqamli atrof-muhitga taʻsirni baholash sohasida ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion yondashuvlar;—  Sunʻiy intellektdan ekologik ekspertiza va monitoring amaliyotida foydalanish imkoniyatlari;—  Atrof-muhit holatini masofadan kuzatishda sunʻiy yoʻldosh maʻlumotlarining qoʻllanilishi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari Koreya Respublikasidagi yashil bog‘lar va yashil parklarni loyihalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishadi.

Ushbu seminar Oʻzbekistonda ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishga yoʻnaltirilgan islohotlar bilan bevosita bogʻliq. Koreya tajribasini oʻrganish orqali Davlat ekologik ekspertizasi markazi mutaxassislari raqamli atrof-muhitga ta’sirni baholash platformasini shakllantirishda ilgʿor yechimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Bundan tashqari, seminar davomida kelajakdagi qoʻshma loyihalar va ikki tomonlama hamkorlikning yangi yoʻnalishlari bo‘yicha yangi loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borilishi kutilmoqda.

Davlat ekologik ekspertizasi markazi va KEI oʻrtasidagi uzoq muddatli sheriklik Ekologiya qoʻmitasining xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ekologik boshqaruv tizimini zamonaviy standartlar asosida takomillashtirish boʻyicha olib borayotgan maqsadli siyosatining yorqin namunasidir.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан