• 05 июля 2025 в 23:05
  • 10
  • 0

Buxoro viloyatining sobiq hokimi 88 yoshida vafot etdi

Davlat va jamoat arbobi Damir Salixovich Yodgorov 4-iyul kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.

Damir Yodgorov 1937-yil 18-fevralda Shofirkon tumanida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatib, 1960-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti yoshlar qo‘mitasining kotibligi lavozimidan boshlab, uzoq yillar Yoshlar tashkiloti hamda qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi mas’ul vazifalarda ishladi. 1992-1994-yillarda Buxoro viloyati hokimi sifatida ishlagan ishlagan.

Uning bevosita rahbarligida viloyatda seleksiya va urug‘chilik sohasini ilmiy rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro filiali direktori sifatidagi mehnat faoliyati yillarida paxtaning Zarafshon vohasiga mos 10 ga yaqin iqtisodiy samarador navlari kashf etildi.

Damir Yodgorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Uzreport.news tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан