• 03 декабря 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

BMT O‘zbekistonga ijtimoiy himoya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishda yordam bermoqchi

2-dekabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi hamda BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad o‘rtasida O‘zbekistonda ijtimoiy himoya masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.

Uchrashuvda Amina Muhammad Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi vakillarini iliq qarshilab, agentlik faoliyatida ayollarning rolini yuqori baholadi, bu esa ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam berishini taʼkidladi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan 2024-yilda “ijtimoiy himoya: barqaror rivojlanish yo‘li” nomli jahon konferensiyasini o‘tkazish masalalari yuzasidan so‘z yuritildi.“Ushbu tadbir BMTning 2025-yilgi Ijtimoiy sammiti uchun muhim tayyorgarlik platformasi bo‘lishi mumkin”, —  deya qayd etgan Amina Muhammad.

Shuningdek, BMTning O‘zbekistonga ijtimoiy himoya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligi taʼkidlandi. Amina Muhammad, shuningdek, BMT bosh kotibi tashabbusi bilan “Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” doirasida O‘zbekiston hukumatining o‘zaro hamkorlikdagi tashabbuslarini yuqori baholadi.

Muzokaralar yakunida Amina Muhammad uchrashuv natijalaridan mamnunligini bildirdi va BMTning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ijtimoiy himoya bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishga qiziqish bildirib, barqaror rivojlanishga erishish uchun hamkorlikning muhimligini yana bir bor taʼkidladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      вчера в 17:50   Узбекистан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      вчера в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      вчера в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      20 октября 2026 в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      20 октября 2026 в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      20 октября 2026 в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    Таджикистан намерен расширить возможности финансирования экологических инициатив
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      20 октября 2026 в 21:40   Кыргызстан