• 01 июня 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

Bir yil ichida O‘zbekistondagi 40 ga yaqin hujjatlar JST normalariga moslashtirildi

Joriy yilning 31-may kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamkorligida “Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish masalalari” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiya ishida Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, tadqiqot institutlari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ishtirok etdi. Unda milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti (JST) bitimlariga uyg‘unlashtirishning dolzarb masalalari, ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishdagi alohida o‘rni va ahamiyati hamda ilmiy savollar muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Adliya vazirligi hamda 20 dan ortiq vazirlik va idoralarda JST masalalari bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etilganligini hamda milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish bo‘yicha doimiy ish olib borilayotganligini belgilab o‘tdi.

Oʻz navbatida, vazir o‘rinbosari 2023-2024-yillar davomida JST bitimlariga muvofiqlashtirish maqsadida 24 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani va 40 taga yaqin hujjatlar uyg‘unlashtirilishiga erishilganini ta’kidladi. 

Jumladan, JSTning “milliy rejim” tamoyiliga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini hamda intellektual mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda mahalliy va xorijiy shaxslar uchun o‘rnatilgan davlat boji miqdorlari birxillashtirildi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha maxsus boshqarma tashkil etilganidan buyon 700 dan ortiq qonunchilik hujjatlari loyihalari JST qoidalariga muvofiqligi jihatdan ekspertizadan o‘tkazilganligi qayd etildi.

Shuningdek, ilimy hamjamiyat tomonidan bu borada malakali kadrlarni tayyorlash masalalari va zaruriyati hamda oliy ta’lim muassasalarida JST qoidalari bo‘yicha kurslarni takomillashtirishga alohida e’tibor berilishi lozimligi ta’kidlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан