• 24 сентября 2024 в 23:05
  • 14
  • 0

Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Qo'shilmaslik harakatining vazirlar yig'ilishida ishtirok etdi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan Qo'shilmaslik harakatining vazirlar yig'ilishida ishtirok etdi. 

"Qo'shilmaslik harakatining vazirlar yig'ilishida ishtirok etdik. Ugandani 2024-2026-yillarga yangi tayinlangan rais sifatida to'liq qo'llab-quvvatlaymiz va Ozarbayjonning avvalgi muvaffaqiyatli raisligi uchun minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bugun murakkab global jarayonlar va dinamik o'zgarishlar bilan ajralib turadigan manzaraga duch kelmoqdamiz. Biz tarixiy bosqich — O'zbekistonning 20-sammitga mezbonlik qilishi va 2027-2029-yillarga mo'ljallangan Harakatga rahbarlik qilishi rejalarini e'lon qildik. Bunda energiya xavfsizligi, barqaror rivojlanish va global savdo tizimlarini mustahkamlash kabi asosiy ustuvorliklarga e'tibor qaratamiz. Tinchlikni mustahkamlash, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va ta'lim orqali kelajak avlodni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz. Birgalikda zamonamiz chaqiriqlarini hal qilishimiz va Global Janubning ovozini kuchaytirishimiz zarur".


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан