• 22 марта 2024 в 23:05
  • 12
  • 0

AQSHda “Turon Assotsiatsiyasi” ochildi

O‘zbekiston elchisi Furqat Siddiqovning AQSHning Boston shahriga (Massachusets shtati) tashrifi doirasida ushbu shahar va uning atrofida istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida Boston shahrida yangi tashkil etilgan O‘zbek jamoasi “Turon Assotsiatsiyasi”ning ochilishi ham bo‘lib o‘tgan. Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari orasida O‘zbekiston madaniyati va merosini saqlash va uni keng jamoatchilikka targ‘ib qilish, vatandoshlar o‘rtasida ma’rifiy va ilmiy tadbirlarni tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlar mavjud ekaniga urg‘u berilgan.

Bundan tashqari, Boston shahri va uning atrofida istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz uchun tashkil etilayotgan “Ildiz”onlayn platformasining taqdimoti ham o‘tkazilgan. Platforma, o‘z faoliyatini AQSHda ishlaydigan yuqori malakali mutaxassislar, moliya institutlari, universitetlar, yuridik firmalar, tadbirkorlar va investorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.So‘ngra vatandoshlar hamda amerikalik hamkorlar ishtirokida kirib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan madaniy kecha tashkil etilgan. Xususan, tadbirda Garvard universitetining yetakchi olimlari va institut rahbarlari ishtirok etgan.

Ularga O‘zbekistonning turistik va gastronomik salohiyati, madaniy urf-odatlari, boy madaniyatning o‘ziga xosligi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda kuzatilayotgan dinamik o‘zgarishlar haqida maxsus videolavhalar namoyish qilingan.

Uchrashuv yakunida vatandoshlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida madaniy va ilmiy almashinuv dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning AQSHdagi imijini mustahkamlashga tayyorliklarini bildirgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан