• 27 января 2026 в 23:05
  • 8
  • 0

Andijonda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Har bir davlat izchillik bilan taraqqiyotga erishish uchun birinchi navbatda korrupsion holatlarga qarshi murosasiz kurash olib borishi lozim. Aks holda tanazzulga yuz tutishi mumkin.

Ayni shu maʼnoda mamlakatimizda jamiyatni ushbu illatdan tozalash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda esa mazkur xavfga nisbatan favqulodda holat eʼlon qilinishi ortidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan muntazam ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati Baliqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kiradi va mansabdor tanishlari orqali uning qarindoshini mazkur sohaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1800 AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor so‘ralgan pul mablag‘ini tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан