• 19 января 2026 в 23:05
  • 15
  • 0

Aholini va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarining borishi koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga aholini va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Ushbu tadbir mamlakatimizda demografik jarayonlar, mehnat resurslari, ijtimoiy infratuzilma va hududiy rivojlanishni ilmiy asosda rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Roʻyxatga olish jarayonlari xalqaro standartlar asosida, zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

Roʻyxatga olish joriy yilning 15-yanvaridan 28-fevraligacha ikki bosqichda oʻtkazilmoqda. 15-31-yanvar kunlari davom etadigan birinchi bosqichda fuqarolar maxsus axborot tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Ikkinchi bosqichda esa 4-28-fevral kunlari “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan uyma-uy yurib, savolnomalar planshet qurilmalari orqali toʻldiriladi.

Aholini roʻyxatga olish jarayonlari census.stat.uz portalida amalga oshirilib, OneID tizimi orqali identifikatsiya qilinishi belgilangan. Barcha maʼlumotlar geoaxborot tizimi asosida monitoring qilinmoqda. Shu maqsadda respublika boʻyicha 7,6 milliondan ortiq xonadon va turar joylarning geomanzillari shakllantirildi, jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini beruvchi maxsus monitoring dashbordlari ishlab chiqildi.

Fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan barcha maʼlumotlar qonunchilik talablariga muvofiq himoya qilinadi, shaxsiy maʼlumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda qoʻllaniladi.

Roʻyxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun 14 ta hududiy va 208 ta tuman va shahar shtablari tashkil etildi. 60 ming nafarga yaqin roʻyxatga oluvchi xodimlar tayyorlandi. Jumladan, 54 ming nafar “mahalla yettiligi” vakillari, 2,6 ming zaxira xodimlar hamda 4 ming nafar hududiy shtab aʼzolari jarayonga jalb etildi. Shuningdek, vazirlik va idoralardan 480 nafar trener, oliy taʼlim muassasalaridan 3200 nafar volontyor oʻquvdan oʻtkazildi.

Aholini xabardor qilish va targʻibot ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 110 ta targʻibot videoroligi, 600 ta televizion lavha tayyorlandi, ijtimoiy tarmoqda 6,3 mingta, aholi gavjum joylar va jamoat transportlarida 23 mingdan ziyod axborot materiallari joylashtirildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunga qadar maxsus portal orqali 2,48 million xonadon hamda 31 mingta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari roʻyxatga olindi.

Davlatimiz rahbari aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini sifatli oʻtkazish, maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash va ulardan qaror qabul qilish jarayonlarida keng foydalanish muhimligini taʼkidladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан