• 23 февраля 2025 в 23:05
  • 20
  • 0

Afg‘oniston O‘zbekistonga hech qanday tahdid tug‘dirmaydi – “Tolibon” rasmiysi

“Tolibon” bosh vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdulg‘ani Barodar O‘zbekistonga nisbatan Afg‘oniston tomonidan hech qanday tahdid qilinmasligini aytdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan suhbatga tayanib, “Tolibon” muvaqqat hukumatining rasmiy sahifasida xabar berildi.

U Afg‘onistonda narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, iste’mol qilish va kontrabanda qilishga qarshi jiddiy kurash olib borilayotgani hamda ularning qo‘shni davlatlarga noqonuniy olib o‘tilishining oldi olinganini ta’kidladi.

Shuningdek, Barodar qo‘shni davlatlar, mintaqa va butun dunyoga Afg‘oniston hududi hech bir davlatga qarshi ishlatilmasligi hamda hech qanday tahdid tug‘dirmasligiga va’da berdi.

Uchrashuvda toliblar delegatsiyasi Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi temiryo‘l va avtomobil yo‘llarini rivojlantirishni muhim hamda fundamental masala deb atadi. “Tolibon” rasmiy Toshkentga O‘zbekistonni Eron va Xitoy bilan bog‘lovchi “Mozori Sharif-Hirot-Qandahor” temiryo‘li loyihasiga sarmoya kiritish bo‘yicha taklif berdi. Delegatsiyaning ta’kidlashicha, bu Toshkentning Janubiy Osiyo davlatlari, Eron va Xitoy bilan savdo-sotiq ishlarini kengaytiradi, mintaqa barqarorligi va rivojlanishida konstruktiv rol o‘ynaydi.

Barodar suhbatda ikki tomon o‘rtasida turli sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, infratuzilma loyihalari, savdo-sotiq, tranzit, mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish, Qobul va Toshkent o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston rasmiylaridan tunnel qurilishi uchun Afg‘onistonga sarmoya kiritishni so‘ragan. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан