• 25 мая 2024 в 23:05
  • 19
  • 0

Adliya vazirligi huquqni qo'llashni metodik ta'minlash bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi

Farmonga ko'ra, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi asosida adliya organlari va muassasalari, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlar quyidagilarga mas'ul hisoblanadi:

- yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilishga;

- adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini o'tkazib borishga;

- huquqshunoslik kasbining obro'si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg'ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo'yicha amaliy tadbirlarni tashkil qilishga;

- yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o'quv kurslarini joriy etishga;

- ta'lim muassasalarida “Huquqiy bilimlar oyligi”ni o'tkazib borish va yoshlarning huquqiy bilim olishlarini rag'batlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-treninglar va tanlovlarni tashkil qilishga.

Farmonga muvofiq, Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo'llashni metodik ta'minlash bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi.

 Har yili huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish va metodik ta'minlash bo'yicha manzilli va tematik tahliliy o'rganishlar dasturi ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

Bunda:

- 2024-yil 1-sentyabrgacha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Jizzax viloyati Do'stlik tumani hokimligi hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida namunali huquqni qo'llash tizimi yo'lga qo'yiladi. Keyinchalik, har yili kamida 10 ta vazirlik va idoralarning huquqni qo'llash faoliyati tahlil qilinib, takomillashtirib boriladi;

- huquqni qo'llash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo'yicha uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilib, Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (Lex.uz)ga joylashtirib boriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан