• 25 ноября 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Adliya organlariga intellektual qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik qo‘llash vakolati berilmoqda

Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama markazida bo‘ldi.

Mazkur Qonun amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda ishlab chiqilgan, Intellektual mulk hamda Davlat xizmatlari agentliklarining vazifa, funksiya va vakolatlari Adliya vazirligiga o‘tkazilganligini inobatga olib, vazirlikning vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar taʼkidlaganlaridek, mazkur Qonun bilan Bojxona kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirish orqali endilikda eksport rejimida ham intellektual mulkni himoya qilinishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish muddati qisqartirilmoqda.

Adliya organlariga intellektual mulk hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qo‘llash vakolati berilmoqda.

Bundan tashqari, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanilishi belgilanmoqda.

Muhokamada Qonunning hayotga tatbiq etilishi davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, intellektual mulk huquqlarining himoya qilinishini kuchaytirishga va ushbu sohalarda samarali markazlashtirilgan boshqaruv tizimini taʼminlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан