• 28 февраля 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Yanvarda energiya ishlab chiqarish pasayishi fonida sanoat o‘sishi sekinlashdi

Yanvar oyida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 55,8 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobotida aytiladi.

Bu summa o‘tgan yilning yanvariga nisbatan 11,2 trillion so‘mga oshgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmining fizik o‘sish sur’ati 16,4% dan 4,3% gacha pasaygan. Qayd etish joizki, 2024-yil yanvari uchun taqqoslash bazasi sanoat ishlab chiqarishi energiya inqirozi fonida 9,9% ga kamaygan 2023-yilning g‘ayritabiiy yanvari bo‘lgan. Shu bilan birga, 2025-yil uchun iqtisodiy o‘sish hisob-kitoblarida allaqachon yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichlari hisobga olingan.Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi — sanoatda mahsulot real ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga (yoki oyiga) nisbatan qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich. Ushbu indeks inflyatsiyani hisobga olmaydi, lekin mahsulotlarning fizik ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi (qancha tonna po‘lat, kubometr gaz, avtomobil va boshqalar ishlab chiqarilgani).

O‘zbekistonning uchta viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining pasayishi kuzatildi — Toshkent (-1,1%), Sirdaryo (-1,3%) va Jizzax (-6,8%) viloyatlarida. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Namangan (+10,8%), Xorazm (+10,7%) va Navoiy (10,3%) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (+10,2%) qayd etildi.

O‘sish sur’atlarining sekinlashishi yanvar oyida elektr energiyasi, gaz va yoqilg‘ining boshqa turlarini ishlab chiqarishning qisqarishi fonida sodir bo‘ldi.

Kon sanoati

Tog‘-kon va karerlarni qazib olish korxonalari yanvar oyida ishlab chiqargan mahsulot hajmi 5,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Fizik ishlab chiqarish 2024-yil yanvariga nisbatan 2,3% oshdi.

O‘sishga ko‘mir qazib olish hajmini oshirish hisobiga erishildi — 357,8 ming tonnadan 408,8 ming tonnagacha (+14,3%). Neft (-8,7%), gaz (-3%) va gaz kondensati (-9,6%) qazib olish kamaydi.

Ishlab chiqarish sanoati

Yanvar oyida ishlab chiqarish korxonalari 44,1 trillion so‘mlik mahsulot yoki umumiy sanoatning 79,1 foizini ishlab chiqardi.

Agar o‘tgan yil yanvarida mazkur korxonalarda ishlab chiqarishning fizik hajmi 20,6% oshgan bo‘lsa, bu gal o‘sish sur’ati 5,2% gacha sekinlashdi.

Ushbu sohada dizel ishlab chiqarish 33,8% kamaydi (2024-yil yanvarida 0,6% kamaygan), benzin — 20,5% (-10,8%), sement — 10,2% (2,3 baravar o‘sish), pivo — 22,1% (+89,8%), tabiiy vino — 60,1% (+26,9%), tamaki mahsulotlari — 15,7% (+8%), pishloq va tvorog — 39,9% (+40,3%), un — 13,9% (-41,5%).

Yengil avtomobil ishlab chiqarish 4,4% — 15 654 dan 14 968 taga kamaydi (2024-yil yanvarida 2,9 karra o‘sish), avtomobil dvigatellari — 13 915 dan 7 795 taga (-44%), yuk avtomobillari — 215 dan 152 taga (-29,3%).

Shu bilan birga, o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmi 17,6% o‘sdi (2024-yil yanvarida 2,1 baravar o‘sish), paxta kalavasi — 22,5% (+27,1%).

Muzlatkich va sovitkich ishlab chiqarish keskin 3,5 baravar oshib, 20,3 ming donaga yetdi (2024-yil yanvarida 70,4% pasayish kuzatilgan).

Metallurgiya va boshqa sohalar

Metallurgiya sanoatida fizik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,3% (6% edi) o‘sib, 14,1 trillion so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga, tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish 19% (2024-yil yanvarida 33,7% o‘sish), kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 1,2% (+10,9%) qisqardi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Сборник «Письмо будущему поколению» вышел в свет в рамках Года культуры чтения
      29 июня 2025 в 13:55   Таджикистан
    Таджикистан представлен в жюри Международного кинофестиваля ШОС
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Профилактика инфекций, связанных с медпомощью, находится на контроле Министерства здравоохранения и социальной защиты населения Таджикистана
      29 июня 2025 в 22:50   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев принял участие в мероприятии, приуроченном ко Дню медицинского работника Кыргызстана
      30 июня 2025 в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял министра иностранных дел Таджикистана
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    На Иссык-Куле завершилась спартакиада «Ден соолук» 2025
      30 июня 2025 в 19:10   Кыргызстан
    Бакыт Торобаев провёл совещание по вопросам строительства железной дороги «Китай-Кыргызстан-Узбекистан»
      30 июня 2025 в 20:55   Кыргызстан
    МВД КР уделяет особое внимание укреплению дружбы между народами и сохранению межэтнического согласия в обществе
      вчера в 08:10   Кыргызстан
    Таджикистан и Международный фонд сельскохозяйственного развития создадут банковскую академию
      29 июня 2025 в 21:50   Таджикистан
    Министр иностранных дел России посетил Кыргызстан
      29 июня 2025 в 21:40   Кыргызстан