Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 124,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
2024-yilning yanvar oyida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 124,6 ming tonna
— Ko‘mir – 357,8 ming tonna
— Neft – 60,5 ming tonna
— Gaz kondensati – 111,7 ming tonna
— Avtobus – 25 dona
— Yuk avtomobillari – 215 dona
— Avtomobil dvigatellari – 13 915 dona
— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 15 657 dona