• 30 декабря 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

Xitoy kompaniyasi O’zbekistonda elektromobil ishlab chiqarib, uni ichki bozor va O‘rta Osiyo davlatlariga eksport qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Xitoy Xalq Respublikasining Anhui Coronet Tech. Co., LTD. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan maqsad O‘zbekistonga avtosanoat sohasi bo‘yicha investitsiya kiritish, asosan elektromobil ishlab chiqarib, ichki bozorga va O‘rta Osiyo davlatlariga eksport qilish rejalashtirilganligi ma’lum qilindi va bu borada muzokaralar olib borildi.

Ta'kidlanishicha, loyihaning birinchi bosqichida 7 mln AQSH dollar miqdorida mablag' to'plash va ishlab chiqish sexlarini qurishga sarflanishi, keyingi bosqichlarda esa tegishli uskunalarni olib kelib o‘rnatilishi hamda loyiha yakuni bo‘yicha 30 mln AQSH dollari sarflanib 700 dan ortiq ish o'rni shakllanishi, shundan 650 ish o‘rnini hududiy aholi hisobiga to‘ldirish rejalashtirilganligi bildirildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.b Umidbek Safarov yuqoridagi taklifga ko'ra, hozirgi kunda Xorazm viloyatidagi erkin iqtisodiy zonadan foydalanish imkoni mavjudligi, shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi bilan uchrashuv tashkillashtirishda ko’mak berilishi aytib oʻtildi.

Uchrashuv yakunida esa tegishli kelishuv hujjat loyihalari hamda biznes reja bilan tanishib xulosa berilishi ta'kidlandi va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi har tomonlama hamkorllikka tayyorligi ma'lum qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан