• 21 мая 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlar uchun sovutish tizimlarini yetkazib beradi

O‘zatom va Vengriyaning MVM EGI Zrt kompaniyasi hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida 20-may kuni tomonlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va anglashuv memorandumi imzolandi.

Hamkorlik bitimi ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, atom elektr stansiyalarida quruq sovitish tizimlarini yetkazib berish va amalda tatbiq qilishga qaratilgan.

Shu bilan birga, kelishuv texnologiyalarni mahalliylashtirish, zarur infratuzilmani yaratish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini tashkil etishni nazarda tutadi.

O‘zaro anglashuv memorandumi esa uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklik asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu hujjat O‘zbekiston hududida AES qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda tomonlarning o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini belgilaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан