• 24 октября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

USAID O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshiradi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer 23-oktabr kuni Toshkentdagi maktabga tashrif buyurdi. U yerda o‘qish, materiallar sifatini yaxshilash va o‘quvchilarni maktabda muvaffaqiyatga erishishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbusni e’lon qildi. USAID matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar dasturning birinchi yilidagi tadbirlar uchun 4,5 million dollar ajratmoqda.

Yangi tashabbus hukumat, o‘qituvchilar, ota-onalar, nogironligi bor shaxslar va fuqarolik jamiyatining sa’y-harakatlarini birlashtirib, beshinchi sinfgacha o‘quvchilarga samarali o‘qishga yordam beradigan ilmiy asoslangan o‘qitish va inklyuziv ta’lim amaliyotlarini sinovdan o‘tkazish va kengaytirish uchun mo‘ljallangan.

Yangi dastur inklyuziv ta’lim tamoyillarini integratsiyalash maqsadida o‘quv dasturlari materiallarini qayta ko‘rib chiqishga, keng ko‘lamli ta’lim ehtiyojlarini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun o‘qituvchilar, maktab rahbarlari va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan.

Dastur butun mamlakat bo‘ylab inklyuziv ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi siyosat, tartib va amaliyotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqchi.

Sentabr oyida BMT Bosh assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan “C5+1” yig‘ilishida AQSh prezidenti Jo Bayden “C5+1” mamlakatlarida barcha sohalarda nogironligi bor shaxslar huquqlarini kengaytirish tashabbusini e’lon qilgandi. O‘zbekiston hukumati 2025-yilgacha mamlakat maktablarining kamida 51 foizini inklyuzivlikka erishishni maqsad qilgan. Yangi dastur inklyuziv ta’lim tizimiga asos soladi va yosh o‘rganuvchilar, jumladan, nogironligi bor bolalarning asosiy ko‘nikmalarini oshiradi, deyiladi xabarda.

AQSh agentligi ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan ingliz tili, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘qish va matematika kabi asosiy fanlar bo‘yicha o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda. 2019-yildan beri AQSh USAID orqali O‘zbekistonda ta’lim imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 40 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.

“Inklyuziv ta’lim tizimi barcha bolalarga o‘z ehtiyojlarini qondiradigan muhitda o‘qish va rivojlanish imkonini beradi. USAID O‘zbekistondagi har bir talaba uchun inklyuziv, sifatli va teng huquqli ta’limni ta’minlash uchun hamkorlarimiz bilan birga ishlashga intiladi. Bu pirovardida barcha bolalarga bir kun kelib jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishlari va O‘zbekiston kelajagiga hissa qo‘shishlari uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni beradi”, — deyiladi bayonotda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В 2025 году в республике построено 44 культурных объекта, 120 объектов капитально отремонтировано и реконструировано
      26 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев совместно с членами Кабинета Министров и сотрудниками АП КР совершил горный поход в парке «Ала-Арча»
      25 января 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Итоги Чемпионата Кыргызстана по дзюдо
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi
      26 января 2026 в 23:05   Узбекистан
    Специальная глава, посвящённая празднику Сада в «Шахнаме», подчеркивает его важность в таджикской и персидской культуре
      25 января 2026 в 22:50   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев поручил разработать электронный механизм перевода учащихся из школы в школу
      26 января 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Душанбе станет местом проведения фестиваля Сада и выставки сельскохозяйственных семян
      25 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Закуплено новое оборудование Live U для прямых трансляций из всех регионов страны
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев: По темпу роста ВВП у Кыргызстана очень высокий показатель
      26 января 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев и Наджи Бенхассин обсудили перспективы стратегического партнерства
      вчера в 12:55   Кыргызстан