• 05 сентября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Toshkentda yirik xalqaro forum o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida shu yilning 5-6-sentyabr kunlari “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.

Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqlim o‘zgarishiga moslashish, logistika bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida tashkil etilgan mazkur anjumanda 30 dan ortiq davlatdan vakillar, xalqaro moliya tashkilotlari, ilmiy doiralar, xorijiy ekspertlar va xususiy sektor rahbarlari qatnashmoqda.

Bugun mazkur forumning ochilish marosimi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy, BMTning eng kam rivojlangan va dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha Oliy vakili Rabab Fatima, Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voysexovskiy so‘zga chiqdi.

Bosh vazir o‘z nutqida mamlakatimizda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham samarali islohotlar olib borilayotgani, buning natijasida ichki ishlab chiqarish hisobiga aholining oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi ta’minlanayotgani, agrologistika hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarilayotganini alohida ta’kidladi.

Xususan, oziq-ovqatni ko‘paytirish, qishloq aholisi daromadini oshirish maqsadida so‘nggi uch yilda 250 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, qo‘shimcha 5 million tonnadan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ekin maydonlarining 30 foiziga tejamkor texnologiyalar joriy etildi va suv sarfi 30-35 foizga kamayib, hosildorlik 35-40 foizga oshdi. Oxirgi olti yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga xalqaro moliya institutlaridan 2,5 milliard dollar investitsiya va grant mablag‘lari jalb etildi va qariyb 51 ming nafar yangi ish o‘rni yaratildi. Joriy yilda Toshkent shahrida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasi tashki etildi.

Sohani zamonaviy bilimlarga ega, yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda Toshkentda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti hamda Ummon Sultonligi ishtirokida Farg‘onada Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Meva-sabzavot, g‘alla, go‘sht va sut yetishtirish 2017-yilga nisbatan 1,5 barobar oshdi. Qo‘shilgan qiymatni oshirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va agrologistika bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushirildi. Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmi 2 milliard dollarga yetib, 2017 yilga nisbatan 2 barobar oshdi.

Eng asosiysi, qishloq hududlarida yashayotgan aholini daromadi oshib, turmush tarzi yaxshilanmoqda. Bu boradagi islohotlar natijasini xalqaro indekslarda ham ko‘rish mumkin. Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi bo‘yicha baholash reytingida O‘zbekiston 12 pog‘onaga ko‘tarildi. Shuningdek, 2023-yil uchun e’lon qilingan Global ochlik indeksida O‘zbekiston o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilab, 125 ta mamlakat ichida 21 o‘rinni egalladi.

Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilayotgani, mazkur davrga kelib, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni 2 barobarga ko‘paytirish, eksport va qo‘shilgan qiymat darajasini 3 marta oshirish ko‘zda tutilayotgani qayd etildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi etib saylandi
      08 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    Shaxlo Ibragimova Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi
      09 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    Марат Иманкулов принял участие в церемонии закладки капсулы под строительство образовательного комплекса «Имам Серахси»
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке ход реализации Стратегии развития Жогорку Кенеша до 2027 года
      09 октября 2025 в 17:40   Кыргызстан
    КРСУ и Профессиональный футбольный клуб «Алга» заключили соглашение о развитии студенческого спорта
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров ознакомился с ходом реконструкции и расширения Международного аэропорта «Манас»
      09 октября 2025 в 15:10   Кыргызстан
    В селе Кызыл-Мээнет стартовал турнир по футболу на кубок ОшГУ
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    «O‘zbekiston G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlaydi» — TIV
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Таджикистане пройдут Дни кино Ирана
      09 октября 2025 в 13:55   Таджикистан
    ЦИК КР проводит на всех избирательных участках республики и 5 городах России тестовое голосование
      вчера в 17:40   Кыргызстан