• 11 октября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

“Tolibon” va O‘zbekiston kompaniyasi gaz qazib olish bo‘yicha 1 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati O‘zbekiston kompaniyasi bilan Afg‘oniston shimolidagi Jauzjon va Faryob viloyatida joylashgan Tuti-Maydon konida tabiiy gazni qidirish va qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Khama press” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, o‘n yillik shartnoma taxminan 1 milliard dollarlik investitsiyani o‘z ichiga oladi va u bugun, 10 oktyabr kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar hamda O‘zbekiston kompaniyasi vakili tomonidan imzolangan.

Kelishuvga ko‘ra, kompaniya dastlabki yilda 100 million dollar, keyingi to‘qqiz yil davomida esa 900 million dollar sarmoya kiritadi.

Dastlabki ikki yilda qazib olingan gazdan 100 megavatt gaz orqali ishlaydigan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Jauzjon viloyatidagi Tuti-Maydon gaz konining zaxiralari taxminan 7,000 kvadrat kilometr maydonni qamrab oladi.

“Qazib olish ishlari boshlangandan so‘ng, bu mamlakatning gaz ehtiyojlarini sezilarli darajada qondirishga yordam beradi va minglab fuqarolar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ish o‘rinlari yaratadi”, deyiladi xabarda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан