• 29 сентября 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qo'llab-quvvatlanadi

“Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–176-son, 26.09.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan ko'zlangan maqsad etib 2026–2027-yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan 4 trln so'mlik moliyaviy qo'llab-quvvatlash choralarini taqdim etish orqali 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilandi.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-noyabrdan Kompaniya tomonidan tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi qo'shimcha instrumentlar joriy etiladi:

- tadbirkorlarni “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishga ko'maklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 mlrd so'mgacha kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish;

- kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo'nalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 mln so'mgacha ajratilgan kreditlarni quyidagi shart va hollarda qayta moliyalashtirish:

- ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish;

- kamida 1 yil faoliyat yuritgan va 2 nafar xodimi bo'lgan tadbirkorlarining 5 ta va undan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratishni nazarda tutgan loyihalariga taqdim etish.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-dekabrdan Kompaniya tomonidan qo'shimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilandi, jumladan:

- yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so'mgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda;

- o'rta va yirik tadbirkorlarning ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo'nalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 mlrd so'mdan ortiq bo'lgan miqdorda;

- avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo'lgan tadbirkorlarga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirgan holda;

2026-yil 1-yanvardan olis va borish qiyin bo'lgan hududlarda ro'yxatdan o'tgan kichik va o'rta tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 mlrd so'mgacha va 5 mlrd so'mgacha bo'lgan qismini Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etiladi.

Bunda Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a'zolari tadbirkorlarda band bo'lgan xodimlarning kamida:

- 5 nafarini tashkil qilganda – 2 foizgacha;

- 10 nafarini tashkil qilganda – 4 foizgacha;

- 20 nafarini tashkil qilganda – 6 foizgacha miqdorda qayta moliyalashtiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В 2025 году в республике построено 44 культурных объекта, 120 объектов капитально отремонтировано и реконструировано
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев совместно с членами Кабинета Министров и сотрудниками АП КР совершил горный поход в парке «Ала-Арча»
      25 января 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Итоги Чемпионата Кыргызстана по дзюдо
      сегодня в 15:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Специальная глава, посвящённая празднику Сада в «Шахнаме», подчеркивает его важность в таджикской и персидской культуре
      25 января 2026 в 22:50   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев поручил разработать электронный механизм перевода учащихся из школы в школу
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Душанбе станет местом проведения фестиваля Сада и выставки сельскохозяйственных семян
      25 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Закуплено новое оборудование Live U для прямых трансляций из всех регионов страны
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев: По темпу роста ВВП у Кыргызстана очень высокий показатель
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев и Наджи Бенхассин обсудили перспективы стратегического партнерства
      сегодня в 12:55   Кыргызстан