• 15 августа 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Surxondaryoda yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushdi

"O‘zeltexsanoat" uyushmasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi ko‘magida yana bir yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona faoliyati boshlandi. Denov tumanida umumiy qiymati 30 million dollar bo‘lgan, yillik quvvati 5 ming dona mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mazkur korxona — "HUMO NEW ENERGY" MCHJ tomonidan mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida xalqimiz uchun munosib tuhfa sifatida ishga tushirildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etdi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, tayyor yuk avtomobillarini ko‘zdan kechirdilar.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan arzon va sifatli yengil yuk mashinalarining asosiy butlovchi qismlari mahalliy sharoitda tayyorlanishi aholiga hamyonbop va ishonchli transport vositalari taqdim etish imkonini yaratadi.

Loyihaning keyingi bosqichida yengil yuk elektromobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан