• 25 марта 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Soliqchilarning pullari endi O‘zbekistonga sarflanmaydi – AQSH Mehnat vaziri

Amerika Qo‘shma Shtatlari Mehnat departamenti O‘zbekiston paxta sanoatida “shaffoflikni oshirish” uchun ajratilgan millionlab dollar pul boshqa ajratilmasligini e’lon qildi. Bu haqda AQSH Mehnat vaziri Lori Chaves-DeRemer 21 mart kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tegishli videomurojaatini e’lon qildi. 

U o‘zining videonutqida AQSH oxirgi dasturlarga 38 million dollaridan ko‘proq mablag‘ ajratgani va bundan hatto amerikalik soliq to‘lovchilarning xabari bo‘lmaganidan yozg‘irdi.

“O‘tgan hafta Departament 38 million dollardan ko‘proq mablag‘ni tejab, bir nechta xorijiy yordam grantlarini to‘xtatdi. Ishonchim komilki, siz mashaqqat bilan ishlab topgan soliq pullaringiz O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va javobgarlikni oshirish, Braziliya va Kolumbiyada iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dasturlar bilan bog‘liq siyosatni ilgari surish, Indoneziya va Gvatemalada jamoaviy bitimlarni qo‘llab-quvvatlash, Kongo Demokratik Respublikasida mehnat standartlari bo‘yicha taraqqiyotni nazorat qilish kabi ishlarga sarflanayotganini ham bilmas edingiz”, dedi Lori Chaves-DeRemer.

Shu sababli Mehnat vaziri AQSH Prezidenti Donald Tramp ilgari surayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlab, ortiq boshqa mamlakatlarning “boshi silanmasligini” bildirgan. 

“Birinchi kundan men amerikalik ishchilarni birinchi o‘ringa qo‘yish Mehnat departamentida bizning ustuvor vazifamiz bo‘lishiga va’da berdim. Prezident Trampning ko‘rsatmasi bilan biz o‘z vazifamizni bajarishda vaqtni behuda sarflamadik. Oddiy qilib aytganda, biz Amerikani oxirgi o‘ringa qo‘yadigan dasturlarni yo‘q qilyapmiz. Men Mehnat departamentidagi jamoamga pulingizni tejash uchun ko‘proq imkoniyatlarni aniqlashni buyurdim. Men isrofgarchilik, firibgarlik va suiiste’mollardan xolos bo‘lish orqali amerikalik ishchini birinchi o‘ringa qo‘yish uchun kurashishda davom etaman va bu dollarlarni ishchi kuchimizga qaytarilishini ta’minlayman”, deya va’da berdi AQSH Mehnat vaziri.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан