O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2023-yil yanvar-sentyabr oylaridagi savdo aloqasi tahlil qilindi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi $5,4 mlrdga yetdi, bu umumiy savdo hajmining 12%ini tashkil etadi.
2023-yilning sentyabr oyi yakunida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi:
- Qozog‘iston – $3,2 mlrd.- Turkmaniston – $830,2 mln. (+7,9%).- Qirg‘iziston – $753,8 mln.- Tojikiston – $545,4 mln. (+15,1%).