• 12 мая 2024 в 22:10
  • 4
  • 0

Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda xalqaro maktab ochmoqchi

O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistonidagi "Al Faris International" kompaniyasi raisi Osama bin Solih bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda ta’lim sohasida yangi innovatsion o‘quv dasturlarini tatbiq etish, xususiy xalqaro maktablar filiallarini ochish va o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalari muhokama qilingan.

Osama bin Solih so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida oliy va yuqori darajadagi tashriflar sonining oshganini, savdo hajmi ko‘payganini va Saudiya sarmoyalarining misli ko‘rilmagan darajada oshib borayotganini qayd etdi. U o‘zi boshqarayotgan "Al Faris International" kompaniyasi ta’lim sohasini rivojlantirish, o‘qitish sifatini yaxshilash, o‘quvchilar bilimini oshirish yo‘nalishida ish olib borishini bildirgan.

Kompaniya sarmoyasi bilan tashkil etilgan xalqaro maktablar dunyo mamlakatlari xalqaro standarti "IBO"ga asosan faoliyat olib bormoqda. Ular Saudiyadagi maktablar orasida eng yuqori o‘rinlarda turadi.

O‘zbekiston elchisi shu kabi maktablarni O‘zbekistonda ochish, o‘quvchilar bilimini har tomonlama yaxshilash va o‘qituvchilarning malakaviy ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish taklifini aytgan.

Saudiya tomoni ushbu taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilib, bu borada barcha imkoniyatlar mavjudligini bildirgan.

"Biz yuz foiz o‘z kapitalimiz asosida yoki o‘zbekistonlik sheriklar bilan xalqaro maktablarni tashkil etishga tayyormiz. Ushbu maktablarda xalqaro standartlarga mos ravishda ta’lim beriladi, o‘qish xorijiy va mahalliy til qat’iy talabi asosida olib boriladi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalari ham tashkil etiladi. Bunda 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maktabga tayyorgarlik bo‘yicha kuchaytirilgan darslar o‘tiladi", deydi u.

Uchrashuv yakunida "Al Faris International" kompaniyasi delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан