• 10 ноября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

Saudiya Arabistonining "Vision invest" kompaniyasi Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochadi

Joriy yilning 9-noyabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vision invest kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Omar N. Ol-Midaniy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Saudiya Arabistoni tomoni O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni samarali boshqarish uchun 10-noyabr kuni Toshkentda mintaqaviy vakolatxona ochish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Uchrashuvda, shuningdek, energetika, infratuzilmani rivojlantirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, suv resurslaridan foydalanish sohalarida yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar yakunida faol hamkorlik qilishga va erishilgan kelishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish doirasida keng ko‘lamli choralarini ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Vision invest kompaniyasi 2002-yilda tashkil etilgan. Kompaniya boshqaruvidagi aktivlarining qiymati 96 milliard dollarni tashkil etadi. Vision invest ACWA Power kompaniyasi aksiyadori sanaladi va Saudiya Arabistoni, BAA va Ummondagi DXSh asosidagi loyihalarida yetakchi oʻrinni egallaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан