• 29 ноября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

Saudiya Arabistoni 5 ta sohada O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb etishni rejalashtiryapti

O'zbekiston elchixonasida elchi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining "K-Dot Partners" kompaniyasi ijrochi direktori Faysal al-Dovud bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida Saudiya Arabistoniga O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. 

Faysal al-Dovud ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va olib borayotgan oqilona boshqaruvi natijasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotganini yuqori baholadi.

"O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar aholi turmush darajasini yaxshilash, mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, xorijiy ishbilarmonlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar mamlakatingizning investitsiyaviy qiyofasini oshirishga xizmat qilmoqda", - dedi u.

Saudiya vakili, shuningdek, O‘zbekistonda "Dhaef Global Recruitment" kompaniyasini tashkil etganini maʼlum qildi va mazkur kompaniya Saudiya Arabistoniga o‘zbekistonlik ishchilarni qonuniy tarzda jalb etishga ko‘maklashini bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, ishga qabul qilingan va shartnoma imzolagan ishchilar Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligi tomonidan mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqilgan “Musanid” platformasi orqali viza bilan taʼminlanadi.

"Dhaef Global Recruitment" ayni paytda O‘zbekistondagi "Hilton Academy" o‘quv-mashg‘ulot markazi bilan hamkorlik o‘rnatib, ishga jalb etilganlarni tajriba ko‘nikmalari, ingliz va arab tili bo‘yicha bilimlarini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarni tashkil qilgan. O‘zbekistonda amaliyot o‘tab, podshohlikka kelgan ishchilar ushbu davlatdagi “Mahara” o‘quv markazida takroran amaliyot o‘taydi va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga taqsimlanadi.

Qayd etilishicha, xizmat ko‘rsatish, aviatsiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalariga O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonida oshpaz va ofitsiantlarga talab yuqori bo‘lgani bois mazkur yo‘nalishda ham ishchilarni yollash nazarda tutilmoqda.

Uchrashuv yakunida "K-Dot Partners" kompaniyasi ijrochi direktori Faysal al-Dovud boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 30-noyabr – 5 -dekabr kunlari O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish hamda mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralarini uyushtirishga kelishib olindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан